Breaking News

Guantanamo qamog'ini yopish muhokamada


Guantanamo yopiladimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00

Guantanamo yopiladimi?

Obama ma’muriyati 2014-yilning oxirgi kunlarida Guantanamo qamog’idan besh mahbusni ozod qildi. Ularga Qozog’iston boshpana berdi. 30-dekabr kuni uch yamanlik va ikki tunislik Markaziy Osiyoning bu bepoyon o’lkasi tomon uchib ketdi. Prezident Barak Obama olti yildirki, Guantanamo yopiladi deya bong urib kelmoqda. Lekin Oq uy rahbari kelasi yil ichida bu va’dasi ustidan chiqa olarmikan?

Guantanamoni yopish muhokamada - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

Guantanamodagi mash’um inshootda mahbuslar kamayib bormoqda. O’tgan yili 28 asir qo’yib yuborildi. 2009-yildan beri bu qamoqdan bunchalik ko’p odam ozodlikka chiqmagan. Hozirda u yerda 127 mahbus qolgan.

Bu yili kutilayotgan qarorlar haqida so’ralganida Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest Guantanamo masalasi yuqori o’rinda ekanini qayd etdi.

"Sizga shuni aytamanki, biz uchun bu qamoqxona taqdirini hal etish eng asosiy vazialardan biri. U yerdagi mahbuslar ishini birma-bir ko’rib chiqmoqdamiz”,- deydi Ernest.

Obama Guantanamoni yopishni va’da qilganidan beri deyarli har kuni bu borada bosim ostida.

Inson huquqlari tashkilotlari qachon deya uni savolga tutib keladi. 2013-yilning mayidagi nutqida bu qamoqxonani Amerika yuzidagi katta dog’ deya atagan edi.

"Biz al-Qoidaga qarshi qaqshatqich kurash olib borayapmiz. Uni yo’q qilamiz. Kongress Guantanamoni yopishni istamayotgani asossiz. Bu inshoot o’zi hech qachon ochilmasligi kerak edi”,- deydi Obama.

Qamoqxonadagi asirlar qayga boradi? AQSh ularni vataniga qaytarmoqchi emas. 2010-yildagi qonun esa bu insonlar Amerikaga qadam qo’yishini man etadi. Kongressda respublikachilar hukmron ekan, bu hujjatga o’zgartirish kiritish amri mahol.

Metyu Levitt, Vashingtonda tanilgan ekspert deydiki, astoydil harakat qilinsa, Oq uy va Kongress til topisha oladi.

“Adliya tizimimiz bu asirlar taqdirini hal qila oladi. Qamoqxonalarimizda ham ularga joy topiladi. Ularni Amerikaga ko’chirsak, hayotimiz xavf ostida qolmaydi. Qamoqxonalarda qancha jinoyatchilar bor, Guantanamodagi xavfli odamlar ham shular qatorida o’tiradi.”

Hukumat uchun Guantanamoni yuritish bir necha million dollarga tushadi. Har yili har bir asir uchun 3 millionga yaqin dollar sarflanadi.

Levitt tahlilicha, Kongress har holda u yerni pulni ayash uchun yopmaydi. Guantanamo Amerika tarixidagi qora sahifa, uni yopishdan boshqa ma’qul yo’l yo’q, deydi ekspert.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG