Breaking News

Guantanamodan ozod etilgan besh mahbusning yangi vatani - Qozog’iston


Qo'shma Shtatlar Kubadagi Guantanamo qamoqxonasidan yana besh mahbusni ko'chirdi - uch yamanlik va ikkisi Tunisdan. Ularning yangi vatani - Qozog'iston.

11 yildan oshiq qamoqda saqlangan bu shaxslar al-Qoida bilan aloqadorlikda gumon qilinib, Pokistonda ushlangan edi. Pentagonning bildirishicha, ularga hech qanday ayb qo'yilmagan.

Shu yilning o'zida Guantanamodan 28 asir boshqa davlatlarga ko'chirilgan. Prezident Barak Obama turmani yopishga qanchalik harakat qilmasin, Kongressda respublikachilarning kuchli qarshiligi sabab uning va'dasi hanuz amalga oshgani yo'q.

Qozog'iston besh kishiga boshpana berishi ketidan Guantanamoda yana 127 mahbus qoladi, yarmidan ko'pi yamanlik. Ularni qabul qilgan boshqa davlatlar qatorida Urugvay, Slovakiya va Gruziya bor.

Guantanamo “terrorizmga qarshi urush” doirasida 2002-yilda ochilgan bo’lib, u yerda terrorda gumon qilingan shaxslar saqlanadi. Hozirda ularning 60 nafarini uchinchi davlatlarga ko’chirish rejada. Kongress ularni AQShga olib kelishga ruxsat bermaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG