Breaking News

Inson huquqlari yoki xavfsizlik? Har ikkisi.


Huquq yoki xavfsizlik? Har ikkisi.
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:15 0:00

AQSh hukumatining qayd etishicha, inson huquqlari va erkinlikni qo’llab-quvvatlash tashqi siyosatning ajralmas qismi bo’lib, milliy xavfsizlik uchun xizmat qiladi.

Obama ma’muriyatiga ko’ra, terrorchilikda gumon qilingan shaxslarni azoblab so’roq qilish – masalan, suvga cho’ktirish, uyqudan qoldirish – AQShning xorijdagi manfaatlariga jiddiy putur yetkazgan.

Senat chiqargan hisobotda yozilishicha, Markaziy razvedka boshqarmasi bu metodlarni savolga tutganlarni chalg’itishga harakat qilgan.

“Dastur keng bo’lgani, shafqatsiz uslublar qo’llangani va kutilgan natijani bermagani ayon bo’ldi”, - deydi “Human Rights First” tashkilotidan Eliza Massimino.

Senator Kris Kuns ta’biricha, tashqi siyosatda inson huquqlarini oldingi o’ringa qo’yish – xavfsizlik bilan bog’liq masala.

“Biz olg’a surgan qadriyatlarga o’zimiz amal qilsak, shundagina chin xavfsizlik haqida gapirsa bo’ladi. Huquq va xavfsizlik aslida bir-birini rad etuvchi tushunchalar emas. Biz dunyoga jar solgan tamoyillarga amal qilishda avvalo o’zimiz ibrat bo’lishimiz darkor”, - deydi qonunchi.

AQShning inson huquqlari va demokratiya targ’iboti uchun mas’ul bosh diplomati Tom Malinovski deydiki:

“Xalqaro tartib, nazarimizda, nafaqat dunyodagi kuchlar muvozanatiga, balki har bir mamlakatdagi ichki vaziyatga ham bog’liq”.

Bugunga kelib, deydi rasmiy, har bir inson o’z fikrini bildirish, uyushish va saylash huquqiga ega ekani xalqaro normaga aylanib bo’ldi. Bu tamoyillardan faqatgina avtoritar hukumatlar qo’rqadi.

“Oqibatda ayrim avtoritar hukmdorlar nafaqat muxolifatni yo’q qilishga, balki qo’shni davlatlar ishiga aralashib, demokratiya yoyilishini to’xtatishga harakat qilayapti. Hokimiyat haqidagi eski tushunchalar o’z kuchini yo’qotar ekan, millatchilik va o’z hududini kengaytirish kabi g’oyalarga tayanishni afzal ko’rayotganlar ham bor. Rossiya bunga misol”, - deydi Malinovski.

Rossiya Ukrainada ayirmachilarni qo’llab-quvvatlayotgani Yevropa va AQSh uchun sinov, deb hisoblaydi huquq faoli Sergey Golubok.

Uning aytishicha, agar bir davlat yillar davomida shakllangan qonun-qoidalarga tupurib, xalqaro bitimlarda aks etgan mas’uliyatini unutsa va buning uchun jazolanmasa, boshqa davlatlar ham shunday yo’l tutishi mumkin.

Qiynoqlar haqidagi hisobot AQSh “Islomiy davlat” guruhiga qarshi kurash olib borayotgan, jangarilar amerikaliklarni garovga olgan bir paytda e’lon qilindi.

Ammo huquq faoli Eliza Massiminoga ko’ra, hujjatda keltirilgan qora ishlarni tan olmasdan iloj yo’q.

“So’nggi 10 yildan shuni xulosa qilsa bo’ladiki, AQShning yuzini yerga qaratgan aslida oshkoralik yoki bu kabi hisobotlar emas, balki qiynoq. O’sha xunuk amaliyot hamda qadriyatlarimiz o’rtasidagi tafovutni anglashga harakat qilayapmiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG