Gretsiyada parom halokatida besh odam o'lgan

  • Amerika Ovozi

A Dallas police officer, who did not want to be identified, takes a moment as she guards an intersection in the early morning after a shooting in downtown Dallas on July 8, 2016.

Gretsiya sohillari yaqinida alanga olgan paromda o'lganlar soni besh kishiga yetdi. O't o'chirish va qutqarish ishlari deyarli yakunlangan.

Italiya bayrog'i qadalgan "Norman Atlantic" kemasida kecha bir kishi, bugun yana to'rt odamning jasadi topildi.

Paromda ketayotgan 478 yo'lovchi va ekipajdan aksariyati qutqarildi, deydi rasmiylar. O't bir necha soat oldin o'chirilgan bo'lsa-da, quyuq tutun hali ham tarqalgani yo'q.

Yo'lovchilar guruh-guruh bo'lib bugun ertalab Italiya sohillariga yetkazila boshladi.

Kema Gretsiyadan Italiyaga ketayotgan payt paski qavatiga o't ketgan. Qishning sovug'ida, qattiq shamol turgan paytda qidiruv-qutqaruv ishlari ancha qiyin kechgan. Ko'plab yo'lovchilar vertolyotlarda evakuatsiya qilingan.