Aqli zaif odamga ko’pincha so’z emas, tasvir yordamida o’zini ifodalash oson. Aynan shu sababdan Vashingtondagi bir galereya ruhan xasta insonlar uchun maxsus dastur tashkil etilgan. Ular bu yerda bilim oladi, ijod qiladi va pul topadi.
Vanessa Monro rassom. Atrofida ko’rganlaridan ilhom oladi.
“Bugun qush uyasini ustida ishlayapman. Qushlarga yoqadi,” - deydi u.
Monro aqlan zaif. Ammo u yaratayotgan nodir asarlarni sotib olaman deganlar AQShda ham, xorijda ham ko’p. Masalan, mana bu surat xorijdagi xaridor uchun chizilgan.
“Er-xotinlar tasvirlangan rasmni bitirdim. Buning uchun pul to’lashadi. O’zimdan faxrlanaman. Juda xursandman,” - deydi u.
Mara Kloson esa asosan tabiatni tasvirlaydi.
“Ikki yoki uch yoshligimda bo’yoq bilan chiza boshlaganman. San’at jonu dilim,” - deydi u.
Kloson ham ruhiy kasallikka chalingan. Ammo studiyada boshqa rassomlar bilan ishlayotganida o’z nogironligi haqida o’ylamaydi.
“Bu yer tinch va sokin, bir-birimizni yaxshi tushunamiz, do’stmiz,” - deydi u.
Ikkala ayol Vashingtondagi “Art Enables" nomli nodavlat galereya va studiyaga nogironlar uchun maxsus kurslarga qatnaydi.
Dasturda mana shu singari qariyb 30 mahalliy rassom qatnashadi. Ular har xil kasb, irq va elatlarga mansub, yoshi 21 dan 78 gacha.
Mari Leneger tashkilotning ijoriya direktori.
“Maqsad – barcha rassomlarni qo’llab-quvvatlash va ularga yordam berish. Shuningdek, jamiyatda ajratib qo’yilgan odamlar ham san’at orqali muloqot qilishi mumkinligini namoyish qilmoqchimiz,” - tushuntiradi u.
Galereya rassomlarni ijod qilish uchun ashyo bilan ta’minlaydi, internet orqali ularning asarlarini reklama qilib, sotishda yordamlashadi.
“Rassomlarimiz uchun yiliga kamida 10 ta ko’rgazma tashkil etamiz. Shahardagi boshqa ko’rgazmalarda ham qatnashadi. Galereyada yoki vebsayt orqali yoki ko’rgazmada rasm sotilsa, tushgan pulning 60 foizini ular oladi. Qolgani - bizning xarajatlarimiz”.
Rassomlarga butun dunyodan buyurtmalar tushadi.
“Germaniya, Yaponiya, Avstraliya va boshqa o’lkalarda xaridorlarimiz bor. O’tgan yili qariyb 84 000 dollarga teng savdo qildik. Bir asarning o’rta narxi 100 dollar,” - deydi Leneger.
“Eng muhimi – bu rassomlarning iqtidori va qobiliyati e’tirof etiladi,” - qo'shimcha qiladi u.
“Rasm chizayotganimdan va ularning sotilayotganidan juda xursandman”, – deydi Vanessa Monro.

Your browser doesn’t support HTML5