Breaking News

Nogiron chang’ichilar? Yo’q, ular Paralimpiya o’yinchilari


Endi Soul Quyosh vodiysida Sochi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Endi Soul Quyosh vodiysida Sochi o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Rossiya 2014-yilgi qishki Olimpiadaga mezbonlik qiladi. Sochida imkoniyati cheklangan sportchilar uchun ham maxsus musobaqalar, Paralimpik o’yinlar bo’lib o’tadi. AQSh jamoasida tayyorgarlik avjida. Iroq va Afg’onistondagi urushlarda jarohat olib qaytgan harbiylar ham bor ular orasida.

Amerikaning qahramon chang'ichilari/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:24 0:00
Yuklab oling

Pensionerlar Tom va Mari Lov uchun chang’i hordiq chiqarishning bir turi.

Ular Aydaho shtatidagi Quyosh vodiysi nomi ostida tanilgan Ketcham kurort shahriga Paralimpik o’yinlariga tayyorlanayotgan chang’ichilarni tomosha qilish uchun kelgan.

“Ularga bir qarang. Inson nimalarga qodirligi hayratga soladi. Mo’jiza!” - deydi Lov.

Bir qo’li yo’q sobiq dengizchining chang’i uchayotganini ko’rib tomoshabinlar lol. Undan keyin ko’zi deyarli ko’rmaydigan harbiy tilshunos chang’ida o’tib ketyapti. Ba’zilarining qo’l va oyoqlari yo’q, boshqalari shol… Lekin hamma chang’i uchadi.

AQSh Urush qatnashchilari departamenti bu noyob sportchilar uchun mablag’ ajratadi. Bu iste’fodagi harbiylarga turli sport musobaqalariga tayyorlanish va qatnashish imkonini beradi. Endi Soul talabalik davrida bir kunmas bir kun bu yerga kelishini tasavvur ham qilmagan.

“Universitetda o’qish oson bo’lmagan. Darslar bilan juda charchardim. Baholarim past, nima maqsadda o’qishga borayotganimni yaxshi tushunmasdim. Keyin 2011-yil 11-sentabr hodisalari… O’sha yili bahorda o’qishni tashlab, armiyaga qo’shilishga qaror qildim,” - hikoya qiladi u.

2005-yilda Soul Afg’onistondagi xizmatini boshladi. Qolgani - ko’pgina harbiylar boshdan kechirgan musibat. Soul ketayotgan mashina portlab, u ikkala oyog’idan judo bo’ldi.

Harbiy kasalxonalarda davolanayotib u jarohatlangan askarlarga sportchi bo’lish imkoni berilishini bildi. Yashash uchun yangi umid paydo bo’ldi. Bir kuni Soul Quyosh vodiysida ishlaydigan trener bilan tanishib qoldi.

“U menga zo’r chang’ichi bo’lishing mumkin dedi. Ungacha hech cnahg’i uchmagan edim. Lekin urinib ko’rishga qaror qildim. Natija yomonmas,” - deydi yigit.

Taniqli murabbiy Mark Mast bu gapga qo’shiladi.

“Nogironman deb hayotdan umidini uzgan yigit nima qilishini bilmay tushkunlikka tushishi tabiiy. Sport uning hayotiga yangi mazmun berdi. U yana sog’lom odamga aylandi. Boshqalardan ham sog’lomroq va ruhan kuchliroq”.

Paralimpik o’yinlarning qatnashchilari Quyosh vodiysidan tashqari Kolorado va Vermont shtatlarida ham chang’i uchib, musobaqalarga tayyorlanadi.

AQShning bu sohadagi eng kuchli raqibi – Rossiya.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG