Bugun Gonkongda namoyishlar sabab bir haftadan oshiq davom etgan tanaffusdan so'ng davlat xizmatchilari ishga qaytgan. Chiqishlar esa tingani yo'q, biroq bugun namoyishchilar xizmatchilar yo'liga g'ov bo'lmagan.
"Men namoyishchilarning o'z fikrlarini ochiq bildirish huquqlariga qarshi emasman, biroq ular ham bizning ishlash huquqimizni hurmat qilishi kerak", - deydi xizmatchilardan biri.
O'n minglab odam ishtirok etgan namoyishlar tunda bir necha yuzga tushdi. Hukumat dushanbagacha ko'chalar bo'shatilmasa, chora ko'rilishi haqida ogohlantirgan edi.
"Jamoatchilikdan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz. Munozaraning tinch yo'l bilan hal etilishidan umidvormiz", - deydi namoyishchilardan biri.
Faollar kechadan boshlab ko'chalarni to'siqlardan tozalashga kirishgan, biroq ayrimlari qolib namoyishni davom ettirmoqchi.
Odamlar Gonkong rahbarini iste'foga chaqirib, Xitoydan 2017-yil saylovlaridan oldin nomzodlarni tasdiqlash jarayonidan voz kechishni talab qilmoqda.