Tojikiston hukumatining bildirishicha, Aleksandr Sodiqov vatanini sotganlikda va josuslikda ayblanmoqda. Advokat bilan ta'minlangan va oilasi bilan aloqada.
Xalqaro maydonda tanilgan blogger va olim Aleksandr Sodiqov 16-iyun kuni Tog'li Badaxshon muxtoriyatida milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan olib ketilgan. Sodiqov aslida Tojikiston fuqarosi. Kanadada yashaydi. Vataniga Toronto universiteti doktoranti va Britaniyadagi Ekseter universiteti tadqiqotchisi sifatida borgan.
Inson huquqlari bo'yicha “Human Rights Watch” tashkiloti nazarida Tojikiston bu fursatdan foydalanib, mustaqil ekspertning ovozini o'chirmoqchi.
Tojikiston hukumatining bildirishicha, Aleksandr Sodiqov vatanini sotganlikda va josuslikda ayblanmoqda. Advokat bilan ta'minlangan va oilasi bilan aloqada.
Sodiqov fuqaro jamiyati vakili Olim Sherzamonov bilan uchrashuvdan keyin hibsga olingan. (Quyida VIDEO)
Olim vataniga ilmiy izlanish maqsadida borganini aytadi. U faoliyat yuritadigan universitetlar hamda uning hamkasblari buni tasdiqlagan. Sodiqov o'zini Tojikiston hukumatiga muxolif shaxs deb bilmaydi. Tanqidiy maqolalari bilan tanilgan ekspert har bir xulosasi ortida asos borligini ta'kidlaydi.
Sodiqovning akademik va jurnalistik ishi bilan yaxshi tanish g'arblik olimlar uni quvvatlab ochiq xat yozgan va Tojikiston hukumatidan adolat ta'minlanishini so'ramoqda.
Bu safaridan asosiy maqsadi mavjud mojarolarni qanday hal etish mumkin degan savolga javob izlash edi, deydi Sodiqovning hamkasblari.
U bilan uchrashgan Olim Sherzamonov may oyida Xorug'da ichki ishlar xodimlariga qarshi olib borilgan qonli harakatlarda gumon qilinadi. Davlat nazarida Sherzamonov tinchlikka tahdid solgan va solayotgan jinoyatchi.
Britaniyaning Dushanbedagi elchixonasi parda ortida Tojikiston hukumati bilan Sodiqov ishi yuzasidan gaplashayotgani ma'lum. Na Britaniya va na Kanada ekspert taqdiri haqida ochiq bayonot bergan.
Kecha Tog'li Badaxshon davlat telekanalida rus tilida mana bu video taqdim etilgan. Unda Aleksandr Sodiqov milliy xavfsizlik xizmati savoliga javob berayotgani ko'rsatiladi.