AQSh kompaniyasi samolyotlarni vodorodda uchishga moslashtirmoqda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniyada joylashgan “Universal Hydrogen” kompaniyasi samolyotlarni vodorodda uchadigan qilib jihozlaydi. Bu, deydi kompaniya rahbari, aviasanoatda uglerod chiqindilarini kamaytiradi. Vodorod shunchaki issiqlik va suv hosil qiladi.

“Suv mana shu quvur orqali chiqib ketadi. Ya’ni uchib ketayotgan samolyotdan vodorod yoqilishi natijasida atmosferaga suv bug’i chiqadi xolos. Karbonat angidrid yoki azot oksidi emas”, - deydi Mark Kazn, kompaniya rahbari.

Vodorodni reaktiv yoqilg’i kabi gaz turbinasida yoqish o’rniga, bu texnologiya vodorod va havoni reaksiyaga kiritish natijasida elektr motorni harakatga keltiradi. Ammo vodorod elementlari uchun ham joy kerak. Natijada kabinada yo’lovchilar kamroq bo’ladi. Elektr motor ham gaz turbinasidan og’irroq.

Lekin muhandis Loris Glaynerga ko’ra, yuqori samaradorlik bu kamchiliklarni qoplaydi.

“Ushbu hajmdagi samolyotlar uchun bu texnologiya yaxshiroq, chunki vodorodda ishlaydigan motor ikki baravar samaraliroq. Uzoqroq masofaga ucha olasiz”, - deydi Glayner.

Parvoz ham ancha sokin o’tadi. Turbina bo’lmasa, shovqin faqat propellerdan keladi. Kompaniya rejasiga ko’ra, vodorod bilan ishlaydigan samolyotlar 2026-yilda uch soatlik marshrutlarda ucha boshlaydi.