Xalqaro jinoiy sud Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Dutertening qoradoriga qarshi kurash kampaniyasi paytida insoniyatga qarshi jinoyatlarga qo’l urganiga doir da’volarni ko’rib chiqishga kirishmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Da’vogarlardan biri 2017-yil mayida ikki o’g’li otib o’ldirilganini aytadi.
“Bu olti yil oldin sodir etilgan bo’lsa-da, xuddi kechagidek his qilaman”, - deydi Lore Pasko ismli bir ona.
Rasmiy manbalarga ko’ra, Dutertening olti yillik prezidentligi davomida politsiyaning qoradori savdogarlariga qarshi kurash amaliyoti doirasida taxminan 6200 odam o’ldirilgan.
Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi ayrim tashkilotlar qurbonlar soni 30 ming atrofida bo’lishini taxmin qilmoqda, chunki ba’zi odamlar politsiyaga yordam bergan ko’ngillilar tomonidan qatl etilgan.
“Ularni qamashlarini istayman. Biz, bizga o’xshagan oilalar azob chekkandek azob chekishsin”, - deydi Pasko.
Xalqaro jinoiy sud Filippin hukumatining tergovni to’xtatish iltimosini rad etdi.
“To'siqlar olib tashlanmoqda va endi sobiq ma’muriyatga qarshi uning jinoyatlari uchun kurash boshlanmoqda”, - deydi Efraim Kortes ismli advokat.
Amaldagi prezident Kenja Ferdinand Markos sud bilan hamkorlik qilmoqchi emas, garchi Duterte aybdor deb topilsa ham.
Filippin 2019-yil martida Duterte ko’rsatmasiga ko’ra Xalqaro jinoiy suddan chiqgan va Markos hali-beri unga qaytmoqchi emas. Sud a’zo davlatlar hududida sodir etilgan jinoyatlarnigina tergov qilish vakolatiga ega. Uning prokurorlariga ko’ra, da’vo qilinayotgan jinoyatlar Filippin sudga a’zo bo’lgan paytda sodir etilgan.
Aytish joiz, sobiq rahbarning qizi Sara Duterte Filippin vitse-prezidenti.