Hindiston Amerika rahbarini juda iliq kutib oldi

  • Amerika Ovozi

Obama Hindistonda

Hindistonga tashrif buyurgan AQSh Prezidenti Barak Obama bu mamlakat Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv chog'ida Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yangicha siyosat yuritish kerakligiga urg'u berdi. Unga ko'ra, ikki davlat mudofaa va xavfsizlik bobidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi.

Modining aytishicha, AQSh-Hindiston munosabatlari yangi darajaga ko'tarilgan.

Hindistonga bugun borgan Obama mamlakatda uch kun bo'lib, Hindiston Respublikasi kuni tantanalarida qatnashadi.

Odatda rasmiylar bilan qo'l berib ko'rishadigan Modi Obamani aeroportda quchoq ochib kutib oldi.

Ikki rahbar asosan savdo, xavfsizlik, atom quvvati, iqlim o'zgarishi haqida gaplashadi.

Obama Hindiston Prezidenti Pranab Mukerji bilan ham uchrashadi. AQSh rahbari bugun Maxatma Gandi qabri poyiga gulchambar qo'ydi.

Ertaga Obama AQSh va Hindiston biznes doiralari ishtirokidagi forumda qatnashadi. Amerika prezidenti Toj Mahalni ham ziyorat qilmoqchi edi, ammo Saudiya Arabistonida qirol vafot etgach, 27-fevral kuni u yerga yo'l oladi