Pitsburg Universiteti (University of Pittsburgh) AQShning obro’li ta’lim dargohlaridan. Texnologiya yo’nalishida ilg’or fikrlar va bizneslar kurtak otgan maskan. Bu universitetda markaziy osiyolik talabalar ham bilim olayapti. O’shlik Farhod Yo’ldoshev katta-katta orzular, rejalar bilan yashash, aniq fanlarni egallash kerak, deydi.
Pitsburg Universiteti doktoranti Farhod Yo’ldoshev Amerikada ilmiy ish qilish bolalik orzuim edi, deydi. Hozir universitetda professor assistenti bo’lib ishlayapti.
“Dadam matematika-fizika sohasida professor o’zi, shuning uchun yoshligimdan o’qishga, ilm qilishga qiziqib kelganman”, - deydi u.
Farhod ilmiy izlanishi uchun o’zi tug’ilib o’sgan joyga aloqador mavzuni tanladi:
“Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanish va taraqqiyot mavzusida izlanayapman. Asosiy e’tiborni vodiyda qishloq xo’jaligini rivojlantirish va agrar xo’jalikning iqtisodiy taraqqiyotga qo’shgan hissasiga berayapman. Qishloq xo’jaligi vodiy hayotida muhim o’rin tutgani uchun shu sohani tanladim”.
Farhod shu yilning yozida mintaqada bo’lib qaytdi. Amerikada turib qilgan xulosalari, fikrlari ijrosini sinadi. Qishloq xo’jaligi fermerlari, dehqonlar bilan gaplashdi. Bu safar u, asosan, O’sh qishloqlarida bo’ldi. Qishda vodiyning O’zbekiston va Tojikiston tomoniga bormoqchi.
“Ilmiy izlanish qilish uchun universitetimiz borib-kelishga samolyot yo’lkiralarini qoplab beradi va u yerda turar-joy, transport xarajatlari uchun to’laydi”, - deydi yosh tadqiqotchi.
Farhod Markaziy Florida Universitetida magistraturani bitirgan. Doktorlik ishi uchun nima sababdan aynan Pitsburg Universitetini tanladi?
“Judayam ko’p joylardan taklif olganman. Lekin Pitsburgga kelishimning sababi – bu yerdagi professorlar bilan judayam yaqin aloqam bo’lgan. Ular bilan avval konferensiyalarda ko’rishganman, tanishganman, ular bilan birga ilmiy ish olib borganman. Men tanlagan mavzuda bu professorlar avval ilmiy tadqiqotlar qilgan. Shuning uchun shu yerni tanlaganman”, - deya javob qiladi u.
Farhod professor yordamchisi sifatida talabalarga ekonometriya, statistika sohasida o’tilgan mavzularni mahkamlashda yordam beradi. U AQShga endi kelganida yuzlashgan qiyinchiliklarini eslaydi:
“Floridada bir oy mobaynida darsda professorning gapini hech tushunmaganman. Keyin ikki-uch oy davomida qulog’im o’rganib, ko’nikib ketganman. Yozib-chizib, o’qib o’rganish boshqa, gapirib, tinglab javob berish umuman boshqa narsa. Amerikada dunyoning har joyidan kelgan odamlar bor. Ularning har birining o’z aksenti, shevasi bor. Har birini tushunish uchun bir-ikki yil vaqt kerak bo’ladi”.
Farhod doktoranturani tugangandan keyin xalqaro tashkilotlarda ishlashni mo’ljallab yuribdi. Vashington, Nyu-Yorkdan turib, Markaziy Osiyo rivojiga hissa qo’shmoqchi. 10-15 yildan keyin mintaqaga qaytishim mumkin, deydi u.
Soatlab izlanib, ko’zni nurini ketkazgandan keyin charchoqni qanday yozasiz deb so’raymiz undan.
“Bu yerda juda chiroyli parklar bor. Har kuni boshqa bir parkka borib, yugurib, jismoniy mashg’ulotlar qilaman. Bo’sh vaqtlarimda, bu yerda mixed martial arts – ham kurash, ham kikboksingning birga bo’lgan turi bilan shug’ullanib turaman”, - deydi u.
Farhod Yo’ldoshev ham amerikaliklar, ham yurtdoshlar bilan teng bordi-keldi qiladi.
“Men ikkisini ham balans qilishga harakat qilaman. Chunki Amerikaga ko’p singib ketsam, o’zimni esdan chiqaraman. Agar ko’p o’zimning vatandoshlarim bilan yursam, bur yerda hech narsa o’rganmayman. Shuning uchun ham bu yerda qilayotgan ishimni zo’r qilib bajarishga va vatandoshlarim bilan birga, o’zimni esdan chiqarmasdan yurishga harakat qilaman”, - deydi Farhod.
Yosh olimga vatandoshlar yordam so’rab murojaat qilgan hollar ko’p bo’ladi. Odatda oilaviy muammolar bilan kelishadi. Inglizchani tushunishmasa, bolalarini maktabga jo’natish kerak bo’lsa, madad beradi.
“Politsiya jarima solgan bo’lsa, masalan, mahkamaga borish kerak bo’ladi. Inglizchani bilmasangiz, yaxshi tushunmay qolasiz, borib u yerda yordam beraman. Shifoxonalarda, deylik, o’zbeklar ingliz tilidan tarjimonga muhtoj bo’lsa, yordam beraman. Lekin ilmiy ish sohasida afsuski, hech kim yordam so’ramadi va sizlar kelib, men bilan suhbat qilayotganingiz yaxshi fikr deb hisoblayman. Chunki bu yerda judayam ko’p imkoniyatlar bor va o’rta osiyolik studentlar qiziqsa, menga bemalol murojaat qilishlari mumkin”, - deydi o'shlik olim.

Your browser doesn’t support HTML5