Eron G'arbni atom dasturi bo'yicha muzokaralarni jonlantirishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Eron milliy xavfsizlik maslahatchisi Said Jaliliy

Eron yadro dasturi bo'yicha yirik davlatlar bilan yangidan muzokara qilishni taklif qilmoqda. Niyat xolisligini namoyish etish uchun Eron shanba kunga belgilangan uzoq masofali raketa sinovini qoldirganini aytmoqda.

Eron milliy xavfsizlik maslahatchisi Said Jaliliyning aytishicha, uning davlati P5+1 guruhini muloqotga qaytishga da'vat etmoqda. Ushbu guruhga BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a'zosi va Germaniya kiradi.

So'nggi marta tomonlar roppa-rosa bir yil oldin uchrashib, bir qarorga kela olmagan edi. G'arb Erondan atom dasturini to'xtatishni talab qiladi. Eron yadrodan tinch maqsadda foydalanmoqchi ekanini aytsa, G'arb nazarida rasmiy Tehron atom quroli ustida ishlamoqda.