Eron: Avval sanksiyalar olinsin, so'ng bitimni imzolaymiz

  • Amerika Ovozi

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy

Eron Oliy diniy rahnamosi Oyatulla Ali Xomeneiyning aytishicha, G'arb bilan Eron yadro dasturi bo'yicha kelishilgan dastlabki shartnoma keng qamrovli bitim imzolanishiga kafolat emas. Xomeneiy dastlabki shartnomaga qarshi emasman, ammo uni qo'llab-quvvatlamayman ham, deydi.

"Bu shartnoma yakuniy emas va yuridik kuchga egamas", - deydi u.

Eron diniy rahbari G'arb avval Tehronga qo'yilgan barcha sanksiyalarni bekor qilsin, so'ng bitimni imzolaymiz, demoqda.

"Biroq hujjat Eron manfaatlariga zid bo'lmasligi kerak", - deydi Xomeneiy.

Tehron va Vashington bitimning ayrim tomonlari ustida bir necha bor tortishgan. Ulardan biri shuki, Tehron sanksiyalarning zudlik bilan bekor qilinishini istaydi, G'arb esa bosqichma-bosqich.

"Barcha iqtisodiy sanksiyalar bir paytda olib tashlanmaguncha hech qanday bitimni imzolaymiz", - deydi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy.

Eron va G'arb 30-iyungacha barcha kelishmovchiliklarni hal etishi lozim.

AQSh va boshqa davlatlar Eron yadro quroli ustida ishlamoqda desa, Tehron atom dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini aytadi.