Kongress Eron bilan erishilgan bitimni ikki haftada ko'rib chiqishi kerak

  • Amerika Ovozi

Kongress Eron yadro dasturiga doir erishilgan xalqaro bitimni ko'rib chiqishi uchun ikki haftadan kam vaqt qolmoqda.

17-sentabrga qadar qonunchilar yo bitimni ma'qullashi, yo rad etishi kerak. Tahlilchilar natija qanday bo'lishini aytish qiyin, deydi.

Ham quyi, ham yuqori palatani muxolif respublikachilar nazorat qiladi. Vakillar palatasida respublikachilar ko'pchilik va hujjat rad etilishi ehtimoli yuqori.

Biroq Senatda ovozlar nisbatida far ozroq va demokratlar har qanday qarshi ovozni to'sishi mumkin.

Agar har ikki palata Eron kelishuvini rad etsa, Prezident Barak Obama avvaldan aytgan - Oq uy rahbari veto huquqidan foydalanadi.

Muxolifat e'tirozi shuki, Eronga yengillik yaratish to'g'ri emas. Tehron yadroviy tadqiqotlarini davom ettirib, milliardlab dollar moliyani terrorizmni moliyalashga sarflashi mumkin, deydi tanqidchilar.