Prezident Barak Obama bugun Oq uyda yetakchi senatorlar bilan uchrashib, ulardan Eron bilan yadro dasturi bo’yicha xalqaro muzokaralar ketayotgan bir paytda islomiy respublikaga yangi sanksiya qo’ymay turishni so’rashi kutilmoqda.
Obama Senatning bank, razvedka, xalqaro aloqalar hamda qurolli kuchlar qo’mitalari raislari bilan gaplashadi.
Prezident qonunchilarga Jeneva muzokaralari qanday ketayotgani haqida ma’lumot beradi. Muloqot bir necha bosqichda o’tmoqda. Ertaga muzokaralarning navbatdagi bosqichi.
Davlat departamenti matbuot kotibasi Jennifer Psakining aytishicha, Eron shu kunga qadar qo’yilgan sanksiyalar bosimi ostida muzokara stoliga o’tirgani shubhasiz.
"Eron bilan kelishishga har qachongidan yaqin turibmiz. Muzokaralar qanday tugashini kutsak, yaxshi bo’lardi. Hech kim do’q-po’pisa yo’lidan, urush yo’lidan borishni istamaydi. Diplomatiyaga imkoniyat berishimiz kerak", - dedi rasmiy.
Ayrim qonunchilar nazarida Tehronga qo’shimcha sanksiya qo’yilsa, muloqot osonroq kechishi mumkin.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, mamlakat yadro dasturi tinch maqsadlarga qaratilgan bo’lib, BMT nazorati ostida yuritilmoqda.
Eron bilan kechayotgan muzokaralardan uning azaliy dushmani Isroil norozi. Bu davlat bosh vaziri Benyamin Netanyaxu nazarida, muloqotdan foyda yo’q, chunki u Eron yadro dasturini butunlay to’xtatishni maqsad qilmagan.
“Eron iqtisodiyoti sanksiyalardan jiddiy zarar ko’rgan bir paytda xalqaro muzokaralar unga sanksiyalarni yumshatish imkonini bermoqda. Bu Eron uchun bir hadya”, - deydi Netanyaxu.
Uning aytishicha, Tehron Jenevada arzimas narsada yon berib, yadro qurolini ishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolishga urinmoqda. Eronga bosimni kuchaytirish kerak, deydi Netanyaxu.
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan bo’layotgan muzokaralarga norozilik bildirishga haqli, ammo uning xavotirlari o’rinsiz.
Kerri Isroil rahbarining tashvishlarini tushunaman, Qo’shma Shtatlar Isroil xavfsizligini ta’minlash majburiyatini o’z zimmasiga olgan, deydi.
AQSh davlat kotibi Netanyaxu xavotirlariga barham berish maqsadida u bilan juma kuni Isroilda uchrashmoqchi.