Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, uning davlati o’z yadro dasturiga doir kelishuv ijrosidan keyin global iqtisodiyotga qo’shilishga tayyor.
Ruhoniy kecha Shveysariyada, Jahon iqtisodiy forumida so’zga chiqib, Tehron mo’tadillik, bosiqlik va umid bilan ish tutish niyatida, dedi.
Kelasi 30 yilda Eron jahonning 10 eng yirik iqtisodlaridan biriga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Ruhoniy.
Eron uranni kamroq foizga boyitishga rozi bo’lib, xalqaro hamjamiyat bilan bu borada erishilgan bitim shu hafta kuchga kirdi. Evaziga G’arb Tehronga qo’yilgan sanksiyalarni yumshatadi.
Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi joriy etgan bu jazo choralari Eronni yadro quroli yaratishdan tiyishga qaratilgan. Ayniqsa, neft-gaz sanoatini nishonga olgan sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotini qattiq kuchdan qoldirgan edi.
Ruhoniyning aytishicha, islomiy davlatning boy neft sanoati global iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o’rin tutishi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5