Shu oy oxirida jahonning yetakchi davlatari Jenevada Eronning yadro dasturi yuzasidan navbatdagi muzokaraga kirmoqchi. AQSh va uning ittifoqchilari fikriga ko’ra, Eron yadro qurolini qo’lga kiritmasligi haqida xalqaro hamjamiyatni ishontira olishi kerak.
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMTdagi nutqida ham, Twitter ijtimoiy tarmog’i orqali qilgan chiqishida ham Tehron yadro qurolini bunyod etish niyatida emasligini qayta-qayta ta’kidladi. Uning aytishicha, iqtisodiy jazo choralarini tugatish fursati keldi.
Xalqaro sanksiyalar Eron xalqini ko’p uqubatga soldi. 2011-yildan beri riyol o’z qiymatining 80 foizini boy berdi. Neft eksporti ham kamayib, bundan davlat kuniga 100 million dollar zarar ko’rdi.
Ishsizlik ham o’sib bormoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, yoshlarning 30 foizi hozir ishsiz.
Bular, tabiiyki, prezident Ruhoniyni chora ko’rishga undamoqda, deydi Eron bo’yicha tahlilchi Maykl Singh.
“Eron, nima qilib bo’lsa ham, jazolardan qutilishni istaydi. Keyingi yili ahvol bundan ham yomonroq bo’ladi. Ruhoniy qilishi lozim bo’lgan ish kelasi yili yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi”, - deydi u.
Ammo vaziyat murakkab. AQSh qonunchilari Eronning so’zlariga osonlikcha ishonmoqchi emas.
“Eronning diplomatik harakatlarini qo’llab-quvvatlaymiz, ammo ular bu bilan vaqtdan yutib qolishga urinmasin”, - deydi senator Robert Menendez.
Ayni paytda prezident Ruhoniy Eronning uranni boyitish huquqiga ega ekanini ta’kidlab keladi.
Ilm-fan va xalqaro xavfsizlik instituti tadqiqotchisi Deyvid Olbraytning aytishicha, AQSh va boshqa g’arb davlatlari bunga rozi emas.
“Eronliklar osonlikcha talablarga yon bosmaydi. Demak, sanksiyalar hali-beri to’xtamaydi”, - deydi u.
Ayni paytda Eronda aholi orasida norozilik kuchayib bormoqda.
Brukings instituti tahlilchisi Maykl Oxanlon prezident Ruhoniyga oson bo’lmasligi aytadi.
“Eronga ko’p kulfat keltiragan yadro dasturini davom ettiradigan bo’lsa, uning aholi orasida obro’si tushadi. U bu haqda nimadir qilishi kerak”, - deydi u.
Eronliklarning yangi rahbariyatdan umidlari katta. Ular xalqaro jazo choralarining tezroq tugab, xalq boshiga oftob tegishini istaydi.
Your browser doesn’t support HTML5