BMT Inson huquqlari idorasi Eronda yil boshidan beri oliy jazo ko’lami oshganidan tashvishda.
Kamida 80 odam qatl etilgani aytiladi, ammo ayrim manbalarda bu raqam 95 kishidan oshiq deyiladi.
BMTning bildirishicha, aksariyat hollarda o’lim jazosi qoradori bilan bog’liq jinoyatlar uchun beriladi.
Bu qilmishlar o’lim bilan bog’liq emas, shu bois, xalqaro me’yolarga ko’ra, o’ta qabih jinoyatlar toifasiga kirmaydi, deydi xalqaro tashkilot vakili Ravina Shamdasani. Demak oliy jazo berish to’g’ri emas.
Uning aytishicha, Eronda yil boshidan beri bir necha kishi yashirincha, yetti odam omma oldida qatl etilgan. Ko’pi dorga osilgan.
BMT inson huquqlari ekspertlari Tehronni bu jarayonni bas qilib, o’lim jazosini taqiqlashga undayapti.