Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu BMT Bosh Assambleyasida “Eron yadro quroli yaratishini kutib o’tirmaylik” deya bong urgach, islomiy respublika har qanday hujumga qaqshatqich javob qaytarishini bildirmoqda.
Eronning BMTdagi elchisi o’rinbosari Eshag’ al-Habib deydiki, Netanyaxuning oliy minbardan turib qilgan bayonotlari mutlaqo asossiz.
Assambleya doirasida olti mamlakat – AQSh, Rossiya, Xitoy, Britaniya, Fransiya va Germaniya diplomatlari Eron yadro dasturini muhokama qilgan. Barcha savollarga Tehrondan javob olish borasida blok yakdil pozitsiyada ekani qayd etiladi.
Kuni-kecha Fors ko’zfazida AQSh va yana 30 davlat tarixdagi eng yirik harbiy mashqlarni yakunladi. Neft savdosi uchun strategik hisoblangan Xo’rmuz bo’g’ozi shu yerda joylashgan. Savdo yo’llarini minalashtirib, kemalar qatnovini to’xtatishga ahd qilgan Eronga bu mashqlar ogohlantirish deya baholanmoqda.
Jahon ahlini Eron yadro dasturiga qarshi qat’iy turishga chorlayotgan Isroil ham o’z mashg’ulotlarini o’tkazib, harbiy salohiyatini namoyish etdi. Islom respublikasi, deydi Bosh vazir Netanyaxu, bir necha oy ichida o’z maqsadiga erishishi mumkin.
“Eron yadro quroliga ega bo’lsa, Yaqin Sharq tinchib qoladi, degan bema’ni gaplar ba’zida quloqqa chalinyapti. Al-Qoidaga qurol tutqazib qo’yib, dunyo tinchini kafolatlaymiz, deyish bilan barobar bu”, - deydi vazir.
BMT Bosh Assambleyasida Eron prezidenti Mahmud Ahmadinejod ham nutq so’zladi. Uning ta’kidlashicha, sionistlarning urush dag’dag’asini Eron jiddiy qabul qilmaydi.
“Bizdek buyuk davlat o’zini himoya qilishga qodir”, - deydi Ahmadinejod.
AQSh shu kunlarda Fors ko’zfazida harbiy salohiyatini oshirmoqda, qiruvchi samolyotlarni tashuvchi bahaybat kemalar safarbar etilgan.
Diplomatiyaga urg’u berib kelayotgan prezident Barak Obama Eron ommaviy qirg’in qurolini qo’lga kiritishini ham Isroil, ham Fors ko’rfazi davlatlari, ham global iqtisodiyot uchun xavf deya baholaydi.
Eronga qo’yilgan sanksiyalar sirtmog’i taranglashib borayotgan bo’lsada, islomiy respublika uran boyitishda davom etayapti. Isroil harbiy choraga turtki beradigan shartlarni hozirdan belgilab olishni talab qilmoqda.
Tahlilchilar nazarida esa shart qo’yish bilan ish bitmaydi. Muzokaralarni oldinga siljitish uchun keng-qamrovli yana bir kelishuv bilan chiqish darkor. Shunda G’arb barcha diplomatik imkoniyatlarni ishga solgan bo’ladi.
Prezident sobiq maslahatchisi Dennis Ross deydiki, masalani hal qilishning eng effektiv yo’li Eronga yechimlarni taklif etishdir. Agar ko’nmasa, oqibatlarni ham uqtirib qo’ymoq lozim, deydi u.