Eron yangi qiruvchi samolyotini ko'z-ko'z qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Cristiano Ronaldo dalam sesi latihan sebelum pertandingan Piala Dunia 2014 melawan AS di Manaus (21/6). (Reuters/Siphiwe Sibeko)

Eron o’zining birinchi qiruvchi samolyotini tanishtirdi. Vosita boshdan oyoq mamlakat mutaxassislarining ishi, deydi rasmiylar.

“Qahr 313” deb atalgan samolyot birodarlik, tinchlik va xavfsizlik yo’lida xizmat qiladi, deydi prezident Mahmud Ahmadinajod, bugun uni ko’z-ko’z qilar ekan.

Ma’lumki, Eron sanksiyalar sabab chet eldan harbiy vositalar yoki ularning qismlarini sotib ololmayapti.

Shu kunlarda bu davlat islomiy inqilobning 34 yilligini nishonlamoqda. Ahmadinajodning aytishicha, Eron chet el qurollariga muhtoj emas. Zarur narsani o’zimizda ishlab chiqarish salohiyatiga egamiz, dedi u, bugun davlat telekanalida qilgan nutqida.

Leon Panetta AQSh Mudofaa vaziri lavozimini tark etish taraddudida ekan, Eronni qo’shni davlatlarga qurol uzatayotganlikda va shu tariqa butun mintaqa tinchligiga raxna solayotganlikda ayblamoqda.

Yaqinda Yaman yaqinidagi suvlarda katta bir kema tutilgan. Unda yengil va og’ir qurollar olib ketilayotgan bo’lgan. Gumon shuki, bu aslaha Yaman shimolida hukumatga qarshi kurashayotgan bo’lginchi kuchlarga atalgan bo’lgan.

Eron Suriyaga ham qurol berayotganlikda ayblanadi. Bu ish ortida Inqilobiy Gvardiya turibdi, deydi razvedkachilar. Tehron bu da’volarni inkor etadi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 2-fevral, 2013