Iroqda ikki mehmonxona yonida portlash

  • Amerika Ovozi

Bobil mehmonxonasidagi portlash ketidan

Iroq poytaxtida qattiq mudofaalangan mehmonxonalar yonida ikki mashina portlagan. Natijada kamida o'n kishi halok bo'lib, qariyb 30 odam jarohatlangan.

Avvaliga payshanba kechqurun birinchi mehmonxonaning mashinalar to'xtaydigan joyida portlash yangragan. Bir necha daqiqa o'tib, boshqa bir otel yaqinida mashina portlagan.

Hujumlar kimning ishi ekani hali noma'lum. Biroq Iroqning katta qismini "Islomiy davlat" to'dasi egallab olgan va tez-tez hujumlar uyushtirib keladi.

Jangarilar shu oy boshida Bag'dod yaqinidagi Ramadi shahrini egallab olgan edi. Bu - Iroq hukumati va AQSh boshchiligidagi koalitsiya uchun katta yo'qotish bo'ldi.

Your browser doesn’t support HTML5

Yoshlar va terrorizm - Islamic State/Western Youth

Your browser doesn’t support HTML5

Yaqin Sharqdagi mojarolar haqida nasroniy arablar nima deydi?