Bag’dodda portlashlar, o'nlab fuqaro o'lgan

  • Amerika Ovozi

Bag'dod, 13-may, 2014-yil.

Bugun shaharda kamida sakkiz xuruj gumburlagan. Iroq oxirgi olti yilda eng qonli kunlarni boshidan kechirmoqda.
Iroq poytaxtining asosan shialar yashovchi mahallasida bir necha portlashlar sodir etilib, 25 odam nobud bo’lgan.

Jarohat olganlar 75 kishi.

Bugun Bag’dodda kamida sakkiz xuruj gumburlagan. Iroq oxirgi olti yilda eng qonli kunlarni boshidan kechirmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, yil boshidan beri mamlakatda 3500 odam halok bo’lgan. Orasida tinch fuqarolar ham, politsiyachi va harbiylar ham bor.

O'tgan yili Iroqda 7800 dan oshiq kishi hujumlar qurboniga aylangan edi.