Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy yaqinda Oq uyda Barak Obama huzurida bo’lib, terrorizmga qarshi kurashda yordam so’radi.
Bu o’lkada sunniy va shialar o’rtasidagi ixtilof fuqaro urushiga yetaklashi mumkin. Beqarorlik al-Qoida singari terror tizimlariga qo’l kelmoqda, deydi ekspertlar.
Iroq so’nggi besh yilda bunchalik qonga botmagan edi. Sunniy va shialar bir-birini nishonga olib, mazhablar o’rtasida keskinlik oshib borayapti.
Bunga asosiy sabab - qo’shni Suriyadagi urush. Al-Qoida jangchilari Suriyadan Iroqqa kirib kelayapti. Jabrini tortayotganlar asosan tinch aholi.
Arab o’lkalaridagi qo’zg’olonlar terror guruhlarini jonlantirdi, deydi Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy.
“Siyosiy, g’oyaviy bo’shliqni al-Qoida va boshqa terroristik tizimlar egallab olishga ulgurdi. Davlat tizimlarining qulashi ularga qo’l keldi. Mintaqada shunday bir sharoit vujudga kelganki, terrorizm qayta bo’y cho’zyapti”, - deydi vazir.
Nuri al-Malikiy Vashingtondan harbiy vertolyotlar hamda razvedka ma’lumotlarini to’plashda yordam so’ramoqda. Suriyadagi urush butun region tinchligini buzadi, deydi u.
“Yaqin Sharq ahli qo’rquvda. Suriyada terror bayrog’ini ko’targan guruhlarning qo’li baland kelishidan xavotirdamiz. Jahon hamjamiyati bizga madad qo’lini cho’zsin. Buning oldini olish kerak”.
Iroqda sunniylar bir necha oydan beri hukumatga qarshi namoyish qiladi. Ular shia rahbarlarni diskriminatsiya va zug’umda ayblamoqda.
Nuri al-Malikiy ham shia mazhabidan. AQSh uni sunniylar va kurdlar bilan hokimiyatni va neftdan tushayotgan daromadni bo’lishing, deb undayapti.
Demokratiyalar himoyasi uchun jamg’arma rahbari Klifford Mey fikricha, Malikiy va AQSh rasmiylari bu masalalar yuzasidan ochiq gaplashib olishi zarur.
“Malikiy AQSh quvvatlovida Eron ta’siridan qutulsa, al-Qoida bilan kurashda ustun kelsa, bundan bizga ham foyda”, - deydi u.
Iroq iqtisodiyoti bugun neft hisobiga jadal o’smoqda. AQShdan F-16 rusumidagi qiruvchi samolyotlar xarid qilish uchun yaqinda 650 million dollar to’ladi.