Breaking News

Arab bahori: Puchga chiqqan umidlar


Bundan 2,5 yil oldin boshlangan Arab bahori avvaliga shodiyonalar bilan qarshi olingan bo’lsa, bugun Yaqin Sharqda umidsizlik va tushkunlik hukmron.
 Arab bahori: Puchga chiqqan umidlar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00
Yuklab oling

2011-yilda Misr xalqi Husni Muborakning 30 yillik boshqaruvi poyoniga yetganini tantana qilgan edi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika uzra diktatorlar birin-ketin ag’darildi. Mintaqa bo’ylab erkinlik shabadasi esa boshlagan edi.

Bu jarayonlarga Arab bahori deb nom berildi, ammo farovon kelajak haqidagi umidlar puch bo’lib chiqdi, deydi Sharq Sharq bo’yicha ekspert Jeyms Filips.

“AQSh qatorida boshqa G’arb hukumatlari ham mintaqa ahli zulm zanjiridan ozod bo’ldi, deya namoyishlarni olqishlay ketdi. Arab bahori degan iboraning o’zida demokratiya haqidagi yanglish tasavvurlar mujassam etgan”, - deydi olim.

Ko’p o’tmay mintaqa zo’ravonlik ummoniga sho’ng’idi. O’tgan oy Misr harbiylari xalq saylagan prezidentni lavozimdan chetlashtirib, sobiq rahbar Husni Muborakni ozod etdi. Ayni paytda u uy qamog’ida saqlanmoqda.

Suriyada esa fuqaro urushi avjida. Bugungacha 100 ming odam nobud bo’lgan bu mojaroda hatto kimyoviy qurollar ishga solingani da’vo qilinmoqda.

Muxolifat safida al-Qoidaga aloqador jangchilar borligi ma’lum. Ikki million aholi qo’shni davlatlarga qochgan.

Liviyani esa yuzlab qurollangan to’dalar bo’lishib olgan. Ayrimlari al-Qoida terror tizimi bilan hamkor. Terrorizm bo’yicha ekspert Jonatan Shanzer bu borada shunday deydi:

“Arab dunyosi demokratiya mevasini tatimagan, bu jamiyatlar demokratik tajribaga ega emas. Ular erkin tizimda yashashni, erkin nafas olishni istaydi, lekin bunga qanday erishish boshqa masala”.

AQSh qo’shinlari tark etganidan keyin Iroqda saylovlar bo’lib o’tdi. Mamlakatda shia, sunniy va kurd aholi o’rtasida ziddiyatlar kuchayib bormoqda.

Shia hukumat yirik xurujlarda al-Qoidani ayblaydi. Tahlilchilar fikricha, haqiqatan ham jihodchi guruhlar Yaqin Sharq bo’ylab tarqalayotgan g’alayonlardan foydalanib qolish harakatida.

Jonatan Shanzer deydiki, Arab bahori ko’pchilik kutgan o’zgarishlarni olib kelmadi. Qon to’kilishi qachon to’xtaydi, bilmaymiz. Lekin g’alayonlar hali beri tinmasa kerak, deydi u.

Sunniylar shialar bilan, islomchilar dunyoviy tuzum tarafdorlari bilan, avtokratlar demokratlar bilan olishmoqda, deya izohlaydi Jeyms Filips.

“Arab bahori islomiy zimistonga aylanayotgan ko’rinadi. Afsuski, arab jamiyatlarini ana shunday kelajak kutmoqda”, - deydi u.

Arab uyg’onishi voqelikka aylanishi uchun, deydi olim, bir avlod umri ham kam. Uzoq va mashaqqatli yo’l.

Arab bahori? Arab Spring/US
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:02 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG