Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiy yaqinda Oq uyda Barak Obama huzurida bo'lib, terrorizmga qarshi kurashda yordam so'radi. Bu o'lkada sunniy va shialar o'rtasidagi ixtilof fuqaro urushiga yetaklashi mumkin. Beqarorlik al-Qoida singari terror tizimlariga qo'l kelmoqda.