Breaking News

Turkiyada "Islomiy davlat" guruhi faoliyatidan xavotirlar kuchli


Turkiya shialari muqaddas Ashura bayrami chog'ida. Istanbul, 13-noyabr 2013-yil
Turkiya shialari muqaddas Ashura bayrami chog'ida. Istanbul, 13-noyabr 2013-yil

Suriyada “Iroq va Shom Islomiy davlati” (ISID) jangari guruhi faollashar ekan, qo’shni Turkiyada xavotirlar kuchaymoqda. Shu oy boshida Istanbulda shialar masjidiga o’t qo’yildi. Bu xuruj ortida shu guruh turgani aytilmoqda. Kelajakda bunday terrorchilik hujumlari yanada ko’payishi ehtimoli bor, bu esa Turkiya jamiyatidagi birdamlik va totuvlikka jiddiy tahdid, deydi tahlilchilar.

Turkiyada sunniylar ham, Ja’fariylar, ya’ni shiyalar ham ko’p. Orasidagi munosabatlar Istanbuldagi Ja’fariy masjidiga o’t qo’yilganidan keyin ancha taranglashdi.

Yonib kul bo’lgan masjid yonida turar ekan, imom Hamza Oydin bunday hujumga mazhablararo adovat sabab bo’lgan, dedi.

“Hujumdan oldin masjidga bir guruh erkaklar kelib, “siz, ja’fariylar, toshlarga ibodat qilasiz. Masjidingizga o’t qo’yib yuboramiz”, degan edi. Biz politsiyaga murojaat qildik, lekin hech ular qanday chora ko’rmadi”, - dedi imom.

Turkiyaga qo’shni Iroq va Suriyada ham mazhablar orasidagi munosabatlar tarang. Bunga, xususan, o’zini “Islomiy davlat” deb atayotgan, yaqingacha esa “Iroq va Shom islomiy davlati” (ISID) sifatida tanilgan radikal islomiy guruh sabab, deydi ko’plar. Bu sunniy guruh shialarni kofir deydi.

Bryusseldagi Karnegi tadqiqotlar markazidan tahlilchi Sinan Ulgen so’zlariga ko’ra, Turkiyada ham mazhablararo urush boshlanishidan xavotirlar kuchli.

“Iroq va Shom islomiy davlati”ga yaqin ekani aytilayotgan guruh bu tarmoqqa asos solgan degan iddaolar mavjud. Bu jangari guruhlarning ayrimlari yillar davomida birlashgan, o’sha davrda Turkiya hukumati bu guruhlarga e’tibor bergaman. Suriyada beqarorlik hukm surar ekan, Turkiya xavfsiz qola olmaydi”, - deydi Ulgen.

Turkiyada hukmdor “Adolat va taraqqiyot” (AK) partiyasi Suriya hukumatiga qarshi kurashayotgan isyonchilar guruhini qo’llab-quvvatlab keladi. Istanbuldagi masjidga o’t qo’yilishi shialarga qarshi qaratilgan yagona hujum emas.

Istanbulda asosan shialar yashaydigan mahalladagi do’kon egasi “Iroq va Shom islomiy davlati” Turkiyaga ham adovat olib keladi, degan xavotirda.

“Turkiyada ham shunday jarayon boshlanmasaydi, deyman-da. Yaqinda Istanbulda masjid yaqinida bir yigit o’zini jangari guruhidan ekanini aytib, shialarga hujum qildi. Hamma qo’rquvda”, - deydi u.

Tobora kuchayib borayotgan xavotirlarga saylovoldi jarayoni ham sabab bo’lmoqda. Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an kelasi oygi prezidentlik saylovlarida asosiy nomzod. Uning tarafdorlari – asosan konservativ qarashlarga ega sunniylar. Tanqidchilar Erdog’anni shialarga qarshi bayonotlar berayotganlikda ayblamoqda. Bosh vazir, shuningdek, Istanbuldagi shia masjidiga qarshi uyushitrilgan hujumni qoralashdan bosh tortdi.

Ammo “Diyonat” davlat diniy idorasi rahbari Mehmet Gomez masjidni borib ko’rdi.

“Masjidni birgalikda qayta tiklaymiz. Hammamiz musulmonmiz, Qur’on ahlimiz, masjidlarimiz bir. Kul bo’lgan kitoblar o’rniga yangilarini olamiz. So’ngra bu yerga birga yig’ilib, namoz o’qiymiz”, - dedi u.

Mazhablararo adovat atrofida xavotirlar kuchayar ekan, bunday bayonotlar muhim, deydi kuzatuvchilar.

Ammo Turkiya shaharlarida norozilik namoyishlari paytida odamlar “Iroq va Shom islomiy davlati” bayroqlarini ko’tarib chiqishi jiddiy masala. Bu Turkiyada ayrim sunniylar bu jangari guruhni qo’llab-quvatlashidan darak beradi. Bu esa Turkiya jamiyatidagi birdamlik va totuvlikka jiddiy tahdiddir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG