BMT ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili Iroqda zo’ravonlik va oddiy fuqarolar o’limi ikki barobar oshgan. Tahlilchilarning aytishicha, mazhablar o’rtasidagi adovat, Bag’doddagi siyosiy beqarorlik hamda Suriyada faol al-Qoida tashkilotining qo’shni o’lkaga ham ta’sirini oshirayotgani muammoning asosiy sabablari.
Qutqaruvchilar Bag’dodda yuz bergan yana bir qonli portlash hududiga shoshmoqda. Bu iroqliklar hayotini izdan chiqargan ko’plab hujumlarning navbatdagisi.
Iroq Bosh vaziri Nuri al-Maliki aholidan yordam so’radi. U televideniye orqali xalqqa qilgan murojaatida fuqarolar, siyosatchilar va jurnalistlarni terrorchilarga qarshi kurashda Iroq xavfsizlik kuchlarini qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.
Tahlilchilar zo’ravonliklarning sabablari murakkab ekanini aytadi. Ayniqsa sunniy va shialar or’tasidaigi ziddiyat borgan sari chuqurlashib bormoqda.
Iroq hukumati esa bir necha oydan beri kelishuvga erisha olmayapti.
Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchi Entoni Kordesmenning aytishicha, beqarorlikda Malikiyning ham hissasi bor. U shialar boshchiligidagi hukumatda o’z mavqeini mustahkamlash orqali sunniy siyosatchilarning ishonchini yo’qotdi, deydi mutaxassis.
“Sunniylar orasida zo’ravonlik tarafdorlari soni oshmoqda. Hukumat esa bunga shialar idorasi sifatida qarshilik ko’rsatib kelyapti”, - deydi u.
Sentabr oyidagi hujumlarni o’rgangan Kordesmen beqarorlikka ishsizlik, sanoatning sust rivojlanishi hamda neftdan kelayotgan daromadning oddiy xalqqa yetib bormasligi bois yuzaga kelgan ijtimoiy noroziliklar ham sabab bo’layotganini aytadi.
“Bular Iroqni boshqarishni qiyinlashtirayotgan va zo’ravonlikni to’xtatishda to’g’anoq bo’layotgan qilayotgan omillardir”, - deydi tahlilchi.
Iroq hukumati shu hafta mamlakat iqtisodiyotini rang-baranglashtirishga qaratilgan besh yillik iqtisodiy rejani e’lon qildi. Ammo ushbu reja oldida to’siqlar ko’p.
Ayni paytda BMT yordam missiyasi ma’lumotiga ko’ra, mamlakatda zo’ravonlik borgan sari kuchayib bormoqda.
O’tgan yilning avgustidan bu yilning avgustigacha bo’lgan o’limlar soni 2800 taga ko’paygan. 2012-yilda 2000 odam zo’ravonlik qurboni bo’lgan bo’lsa, bu yilning sakkiz oyi ichida qurbonlar soni 4800ga yetgan.
Bundan tashqari, Suriyadagi fuqarolar urushi oqibatlari Iroqqa ham sizib kirmoqda.
Bayrutda Karnegi Yaqin Sharq markazini boshqaruvchi Pol Salimga ko’ra, Iroq va Suriyadagi beqarorlikda al-Qoidaning ta’siri katta.
“Suriyadagi sunniylarning qo’zg’oloni Iroq sunniylarini ham Malikiy yoki shialar yetakchiligidagi hukumatga qarshi bosh ko’tarishga undashi mumkin”, - deydi u.
Salim, shuningdek, qonli hujumlarda al-Qoidaning qo’li borligini aytadi.
“Al-Qoida Iroqdagi sunniylarning noroziligidan o’z foydasiga foydalanmoqda. Dastlab, namoyishlar qurolsiz va tinch boshlandi. Noroziliklar zo’ravon tus olgach, bunda, shubhasiz, al-Qoida ishtirok etishni boshladi”, - deydi u.
Iroqning AQShdagi elchisi Luqmon Failining aytishicha, AQSh kuchlari mamlakatni tark etgach, Iroq xavfsizlik xizmatlari al-Qoida hujumlariga bas kela olmay qoldi.
“Nazoratni qo’ldan boy berdik. Al-Qoida esa bundan unumli foydalanmoqda. Hozir biz hamkorlarimizdan kerakli aslahalar, tajriba va yordam olish masalasida muzokara olib boryapmiz”, - deydi elchi Faili.
Uning aytishicha, Iroq hukumati xavfsizlikni ta’minlash va o’z fuqarolarini himoya qilishni o’zining oliy maqsadi deb biladi. Ammo tobora kuchayib borayotgan zo’ravonlik bu maqsadga erishish hali-beri amalga oshmasligini ko’rsatmoqda.