Iroq poytaxti va boshqa shaharlarda bugun portlashlar ro’y berib, kamida 35 odam o’lgan. 100 dan ziyod fuqaro jarohat olgan.
Avtomobillar va yo’llarga joylangan portlovchi moslamalar asosan xavfsizlik kuchlarini nishonga olgan.
Bag’dod va uning tevaragidagi shia mahallalarida 15 odam o’lgani ma’lum. Xususan, deydi politsiya, sog’liqni saqlash vazirining avtomobili nishonga olinib, rasmiy omon qoldi.
Karkuk, Samarra, Toji va Ramadi shaharlarida ham talofatlar bor. Hujumlarni kim amalga oshirgani hozircha aniq emas. Aholisining katta qismi shia bo’lgan Iroqda terror xurujlarida sunniy ekstremistlar ayblab kelinadi.
O’tgan oy Iroqning sakkiz shahrida deyarli bir vaqtda ro’y bergan portlashlar 46 fuqaroning yostig’ini quritgan edi.