Iroqda yana bir qonli kun. Bag'dod yaqinida ikki portlash kamida 22 odamning boshini yedi.
Balad shahridagi gavjum kafeda avvaliga bir odam o'zini portlatib, 16 kishini o'ldirdi. Ikkinchi hamla Muqtadiya shahridagi sport maydonida sodir etildi. Olti odam nobud bo'lgan. Orasida bolalar ham bor.
Xurujlar ortida kim turgani noma'lum. Ammo al-Qoida bo'linmalari sanalmish Iroq islomiy davlati nomli guruh va Levant uyushmasi o'tgan hafta hayit paytida bir necha portlashlarni amalga oshirgan edi. Qariyb 70 fuqaro jon berdi o'shanda.
Isyonchilar buni ektremist kuchlar qamoqqa olinayotgani uchun qasos deb ta'riflaydi.
Iroqda ozchilikdagi sunniylar va hukumatdagi shialar o'rtasida ziddiyat terrorizm va zo'ravonlikni avj oldirmoqda. Yil boshidan beri tanazzul 3 mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketdi.
Sunniylarning shikoyati shuki, hukumati ozchilik diniy guruhlar va elatlarni ezib, ularning talablariga quloq tutmayapti.