Iroqdagi portlashlarda qariyb 60 odam halok bo’ldi

  • Amerika Ovozi
Bugun Iroqning bir necha shaharlarida bomba xurujlari sodir etilib, kamida 58 odam o’lgan. Anbar viloyatida esa al-Qoida terror tizimiga aloqador sunniy jangarilar yanada kattaroq hududni egallab olgan.

Bosh vazir Nuri al-Malikiy televideniye orqali qilgan nutqida terrorizm va al-Qoidaga qarshi kurash davom etishini ta’kidladi. Xalqaro hamjamiyat bizga yordamini ayamasin, deydi u.

Eng qonli portlash Iroqning Buhriz shahrida ro’y bergan. Bir odam dafn marosimi paytida o’zini portlatishi oqibatida 18 kishi halok bo’lgan.

Poytaxt Bag’dodda shia mahallalarda bomba joylashtirilgan kamida olti mashina portlagan. Xurujlar ortida kim turgani ma’lum emas.

Hafta boshida Iroqda bo’lgan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun mamlakatda zo’ravonlik sur’ati oshib borayotganidan tashvish bildirdi.

http://english.share.voanews.eu/flashembed.aspx?t=phg&id=1830484&w=640&h=506&skin=embeded