Iroq mazhablararo mojaro yoqasida turibdi

  • Amerika Ovozi

Iroq mazhablararo mojaro yoqasida turibdi

Iroqdagi shia arboblardan biri Muqtada al-Sadr parlamentni tarqatib, muddatidan erta saylovlar o'tkazishga chaqirmoqda. Mamlakatda siyosiy inqiroz kuchayar va hukumat unga yechim topishga ojiz ekan, al-Sadr yangi saylovlar o'tkazilmasa, Iroq bo'linishi mumkin deya ogohlantirmoqda.

O'tgan hafta shia Bosh vazir Nuri al-Malikiy sunniy vitse-prezident Tariq al-Hoshimiyni davlat arboblariga qarshi xuruj rejalaganlikda ayblab, hibsga olishga buyurgan. Hoshimiy ayblovlarni inkor etib, Kurdistonga qochgan.

Bosh vazir o'zining sunniy o'rinbosari Solih al-Mutlaqni ham ishdan olishni so'rab, parlamentga murojaat qilgan.

Siyosiy mojaro kamlik qilganday terrorchilar poytaxt Bag'dodda kecha bir necha xuruj uyushtirib, kamida 70 odamni o'ldirgan.