Bag'dod va uning yaqinida portlashlar

  • Amerika Ovozi

Bag'dodning Falastin ko'chasi ayniqsa ko'p talofat ko'rgan.

Iroq poytaxti Bag'dodda va uning yaqinida seshanba kuni bir necha portlash sodir etilib, kamida 20 odam nobud bo'lgan.

Ayniqsa, ko'plab do'kon va restoranlar joylashgan Falastin ko'chasi qattiq talofat ko'rgan. Shuningdek harbiy patrul va gavjum bozorda portlash yangragan.

Xurujlar kimning ishi ekani noma'lum. Lekin "Islomiy davlat" to'dasi poytaxt Bag'dodga shu kabi hujumlar sodir etib keladi.

Ekstremist guruh kecha poytaxtdan g'arbroqda, Amiriyat al-Falluj shahridagi hukumat binosiga ham hamla qilgani aytilmoqda.

Bombali belbog' taqib olgan terrorchilar o'zini portlatgan. Sakkiz kishi jon bergani ma'lum.

Anbar viloyatining bu shahri hanuz hukumat nazoratida qolayotgan sanoqli manzillardan. Viloyat hozir deyarli butunlay "Islomiy davlat"ning qo'lida.

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh-NATO: "Islomiy davlat" ga qarshi kurashdamiz