Amerika musulmonlari to'fondan jabrlanganlarga yordam qo'lini cho'zdi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

“Irma” to’foni Florida shtatiga kelib urilganda, Shimoliy Amerika islomiy doirasi mintaqada boshpanalar tashkil etdi. To’fon ortidan esa jabrlanganlarga yordam ko’rsatdi. Ko’ngillilar, asosan, musulmon va musulmon bo’lmagan muhojirlardan iborat.

Abdulrauf Xonning AQShda tug’ilgan o’smir o’g’li bir kuni otasiga shunday dedi: “Siz bu davlat uchun nima qilgansiz?” Bu savol otani o’yga toldirdi.

“Ortimdan kelayotgan farzandlarim uchun bir o’rnak qoldirib ketay, deyman. Ular bu o’lkani bir ne’mat deb biladi. Chunki u bizga ko’p narsa bergan. Biz ham bu mamlakatga nimadir berishimiz kerak. Shu bilan birga Amerikada yashayotgan musulmonlar ekanimizdan faxrlanishimiz kerak”, - deydi u.

Abdulrauf Xon tabiiy ofat ro’y bergan joylarga borib, odamlarga yordam berishni o’ziga kasb qildi. Uzoq yillar to’g’ridan to’g’ri yordam ko’rsatib, kerak paytda masjid eshiklarini ochib, muslmonchilik nima ekanini angladim, deydi u.

“Odamlar cherkovga yoki sinagoga borsak ham shuni his qilamiz, deb aytishadi”, - deydi Abdulrauf.

“Irma” to’foni paytida Shimoliy Amerika islomiy doirasi ko’ngillilari zarar ko’rgan hududlarni tozalashda ishtirok etdi; odamlarga yordam berdi. Boshqalarga ko’maklashish e’tiqodimda bor, deydi Aqsa Chima ismli ayol.

“Kimgadir yordam bersam va buni kimdir ko’rsa, u odamlar yuziga tabassum ulashish qanday yaxshi narsa ekan, men ham yordam beraman, deyishi mumkin”, - deydi u.

Musulmon va nomusulmon ko’ngillilarni mehr-oqibat birlashtirmoqda.

“Bitta kichik narsani surish bo’lsa ham, nimadir yordam ko’rsatyapsiz. Ko’mak har qanday ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bundan yuragingiz zavq oladi”, - deydi yana bir ko’ngilli.

Floridada qayta qurish davom etar ekan, Xan va uning jamoasi shu yerda bo’lib, odamlarga yordam berishni davom ettiradi.