Iroqning Anbar viloyatida kamida 50 erkak va ayol "Islomiy davlat" ekstremist guruhi tomonidan qatorma-qator terilib, birma bir otib o'ldirilgan.
Qatliom juma kuni Ras al-Maa qishlog'ida ro'y bergan. Qabilaviy tuzumda yashaydigan hududda terroristlar tobora keng qanot yozatyotgani aytiladi.
O'ldirilgan shaxslar "Islomiy davlat" buyrug'iga bosh egmagan. Al bu Nimr deb ataluvchi qabila vakillari deydiki, jangarilar aholini uy-joyidan quvib chiqarmoqda va qarshilik bildirganlar so'zsiz o'ldirilmoqda.
Bunday qatliomlar har kuni sodir etilmoqda, deydi Anbar viloyati rasmiylari.
Bugun o'ldirilganlarning hammasi sunniy musulmonlar bo'lgan. "Islomiy davlat" shia, kurdlar va boshqa din vakillariga nisbatan ayniqsa beshafqat ekani bilan tanilgan.
Oktabr oyida BMT hisobicha, Iroq bo'ylab 1300 ga yaqin odam halok bo'lgan, aksariyati "Islomiy davlat" qo'lida.
Poytaxt Bag'dod hamon o'ta beqaror. Bu yerda o'tgan bir oyda 379 kishi o'ldirilgan.
Sentabr oyida mamlakatda qariyb 1200 odam o'lgan edi.