"Islomiy davlat" guruhi Liviyada efiopiyalik bir necha xristianni o'ldirganini da'vo qilayapti. Voqea tasvirlangan video bugun internetga joylandi.
Jangarilar bir necha nasroniyni otgan, boshqalarini boshidan judo qilgan, deya xabar beradi Assoshieyted press axborot agentligi.
Bu orada, jangarilar Iroqning Anbar viloyatiga chuqurroq kirib borgani sari 90 mingdan oshiq odam uy-joyini tashlab qochgan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, Ramadi shahri va tevarakdagi qishloqlar huvillab borayapti.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5