Afg'onistonda "Islomiy davlat" guruhi "Xalifalik radiosi"ni ishga tushirgan. Unda ko'zga ko'ringan mahalliy jurnalistlaridan biri ishlayotgani aniqlangan. Uning ovozi Nangarhar viloyati poytaxti Jalolobodda hamda qo'shni tumanlarda yangrayotgan yangi radio to'lqinlarida eshitilgan.
Endi u Afg'oniston hukumati va xalqaro tashkilotlar uchun ishlaydigan jurnalistlarga qarata o'lim tahdidlarini o'qimoqda.
"Jalolobodda har xil media tashkilotlarida ishlayotgan barcha jurnalistlarning uy manzillarini bilaman. Biz ularni topamiz va o'ldiramiz", - deydi "Islomiy davlat" radiosining boshlovchisi.
Nangarharda mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari uchun 50 ta jurnalist ishlashi aytiladi.
Viloyat gubernatori matbuot kotibi Atoulloh Xogianayning aytishicha, hukumat jurnalistlarga nisbatan yangragan tahdidlardan xabardor va bunga qarshi tegishli choralar ko'rilmoqda.