Isroil yadro dasturi matbuot diqqat markazida

  • Amerika Ovozi
Isroil yadro quroli bor-yo'qligini inkor etishda davom etmoqda

So'nggi kunlarda Isroil yadro dasturiga doir xabarlar ko'paygan. Xususan bugun ma'lum bo'lishicha, 1980-yillarda Isroil yadro zavodida texnik ishlarga mas'ul bo'lgan va 1986 yilda 18 yilga qamalgan fuqaro sud qaroriga amal qilmagani bois yana 3 oyga qamoqqa tashlangan. Mordechay Vanunu o'shanda Angliya gazetasiga Isroilda 200 ga yaqin yadro bombasi bor, deb intervyu bergan edi. Isroil razvedkasi uni Londonda o'g'irlab, avval Rimga, so'ng noxush qilib, Isroilga olib chiqib, sud qilgan edi.

Vanunu 2004 yilda shartli ravishda ozodlikka chiqqan edi. Unga xorijga chiqish yoki xorijliklar bilan aloqa qilish man etiladi.

Shuningdek, Isroil prezidenti Shimon Peres 1975 yili oq tanlilardan tuzilgan Janubiy Afrika hukumatiga yadro bombasini taklif etgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda. Peres o'shanda mudofaa vaziri bo'lgan. Uning bugun bayonot berishicha, Britaniyaning "Gardian" gazetasida chop etilgan maqola asossiz.

Gazetaga ko'ra, Peres 1975 yili Janubiy Afrika rahbariyati bilan maxfiy tarzda uchrashgan. Bu boradagi hujjatlar yaqinda Janubiy Afrikada chop etilgan. Isroil shu paytgacha yadro quroli bor yoki yo'qligini na tan oladi va na inkor etadi.