AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da’vogar Mitt Romni bugun Polshaga safar qilmoqda.
Ikki kun davomida Bosh vazir Donald Tusk va sobiq prezident Lex Valesa bilan ko’rishadi. Tashqi siyosatda kuchini sinayotgan Romni sal oldin Britaniya va Isroilda ham to’xtab o’tgan.
Mitt Romni saylov kampaniyasiga mablag’ to’plar ekan, Isroilda uni qo’llab-quvvatlayotgan donorlardan ham yordam olishga umid qilmoqda.
Ular bilan uchrashuv chog’ida Romni Quddus bilan ma’naviy yaqinlik haqida so’zladi. Bu homiylar noyabrdagi saylovda g’alabadan umidvor respublikachi arbobga bir million dollardan ko’p pul berishi kutilmoqda.
Kuni-kecha Romni Quddusni Isroil poytaxti deya, falastinliklar e’tiroziga sabab bo’ldi. Falastin ahli Sharqiy Quddusni bo’lajak davlatining poytaxti deb biladi.
Massachusets shtati sobiq gubernatori Isroil iqtisodiyoti va G’arbiy Sohil hamda G’azo sektoridagi moliyaviy vaziyat o’rtasida tafovutni afsus bilan tilga oldi.
Jahon Banki hisobotiga qaraganda, Isroil joriy etgan cheklovlar Falastin iqtisodiyoti rivojiga yo’l qo’ymayotgan asosiy omillardir. Yaqin Sharqda tinchlik qaror topmaguncha Falastin muxtoriyati oyoqqa turishi gumon, deyiladi hujjatda.
Mitt Romni Isroil prezidenti Shimon Peres bilan muloqot qilar ekan, Eron yadro qurolini qo’lga kiritishiga yo’l qo’ymaslik kerak, degan.
“Eron ommaviy qirg’in qurolini qo’lga kiritsa, Isroil, mintaqa va butun dunyoga tahdid solishi mumkin. Bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi”, - dedi Romni.
Biroq islomiy davlatga qarshi harbiy chora qo’llash borasida amerikalik arbob indamadi. Obama ma’muriyati barcha usullarni ko’rib chiqishga tayyor ekanini aytsa-da, muzokara zaruratini bot-bot ta’kidlab keladi.
Eron yadroviy izlanishlari tinch maqsadni ko’zlashini aytadi. Lekin g’arb ekspertlari nazarida uranni boyitish ishlari yadro quroli yaratishga qaratilgan.