Isroil hukumati sharqiy Quddusda yana uylar qurishni boshlaydi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu 454 ta imorat barpo etish uchun yer ajratilishiga ruxsat bergan.
G'arb davlatlarining, asosan, AQShning e'tiroziga sabab bo'lib kelayotgan bu loyiha anchadan beri muzlatilgan edi.
Qurilish rejalanayotgan Ramat Shlomo mahallasi Falastin o'z davlati uchun mo'ljallab qo'ygan yerda joylashgan. 2010-yilda ilk bor bu loyiha haqida e'lon qilinganida, AQSh Vitse-prezidenti Jo Bayden Isroilni tanqid qilgan edi.
"Bu kabi qurilishlar noqonuniy va tinchlik yo'liga g'ov. Bir tomonlama qarorlarga qarshimiz", - deydi AQSh Davlat departamenti so'zlovchisi Mark Toner.
Yaqinda qonli namoyishlar va Isroil fuqarolariga qarshi hujumlarga turtki bergan masala ham shu - qurilish. Ammo yahudiy davlati bu loyihalar o'z xavfsizligini ta'minlash uchun g'oyat muhim, deya da'vo qiladi.