Chorshanba kuni Istanbulda Afg’oniston xavfsizligi va iqtisodiy taraqqiyotiga doir xalqaro konferensiya ish boshlaydi.
Unda Afg’onistonning bevosita va bilvosita qo’shnilari Tojikiston, O’zbekiston, Turkmaniston, Pokiston, Qozog’iston, Xitoy, Hindiston, Qirg’iziston, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklaridan diplomatlar qatnashishi kutilmoqda.
2014-yilda xalqaro qo’shinlar, xususan, G’arb askarlari bu davlatni tark etishi kutilar ekan, regiondagi mana shu mamlakatlar qo’llab-quvvatlavi muhim. Ham savdo, ham chegara mudofaasi, ham harbiy hamkorlik kabi sohalarda.
Seshanba kuni, xususan, Pokiston prezidenti Osif Ali Zardariy Istanbulda Afg’oniston rahbari Hamid Karzay bilan gaplashgan.
Jangarilar hujumidan, korrupsiyadan qaqshagan, zaif hukumat qo’lida qolayotgan Afg’oniston masalasi yil oxirida Germaniyadagi xalqaro anjumanda ham muhokama qilinadi.
“Amerika Ovozi” bu yig’inlar bobida afg’onistonlik ziyoli, Turkiyada ta’lim olayotgan Sobir Ahmad Burgut bilan gaplashdi.