Yaponiyaning Ise-Shima shahrida Katta Yettilik sammiti o’tmoqda. Kun tartibidagi bosh mavzular - global iqtisodiy o’sishni ta’minlash, savdo, iqlim va terrorizmga qarshi kurash.
Katta Yettilikka Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh va Yaponiya kiradi.
Barchamiz uchun muhim bo’lgan xavfsizlik masalalariga ham to’xtab o’tdik, deydi Prezident Barak Obama.
Jumladan, Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat. Ukraina mojarosi haqida ham gaplashdik. Muzokaralarda bir oz siljish bo’lsa-da, Ukraina sharqida otishmalar kamaygani yo’q, dedi u.
Ertaga AQSh rahbari Ikkinchi Jahon urushida halok bo’lganlarni xotirlash uchun Xirosima shahriga tashrif buyuradi.
Ayrimlar nazarida Obama 1946-yilda AQShning yadro hujumiga uchragan bu shahar ahli oldida uzr so’rashi kerak.