Qo’shma Shtatlardagi eng yirik bank rahbari 2008-yilda boshlangan moliyaviy inqiroz uchun xalqdan kechirim so’radi. “Jey-Pi Morgan Cheyz” (JP Morgan Chase) prezidenti Jeymi Daymon Kongressda qonunchilar oldida hisobot berar ekan, bank yo’l qo’ygan xatolarni tan oldi. Bank mamlakat iqtisodiga 2 milliard dollar zarar keltirgan edi.
http://www.youtube.com/embed/Mac5nJ0njBA
Inqiroz boshlanganiga shu kunlarda to’rt yil bo’ldi. Amerikaning manaman degan banklari va moliyaviy markazlari bankrot yoqasiga borgan, davlat mablag’ ajratib, ularning ko’pini qutqarib qolgan edi. “Jey-Pi Morgan Cheyz” banki hali ham o’ziga kela olmayapti.
Foydadan darak yo’q, deydi Jeymi Daymon.
“Juda ko’p odamlar hayoti vayron bo’ldi. Kechirim so’raymiz”,- deydi u.
Jeymi Daymon deydiki, yangicha sarmoya modeli xavf darajasini cheklashi kerak edi, ammo aksincha natija berdi. Pushaymon bo’ldik, milliardlab dollar pul bilan hazillashib, qarzga botdik, zarar ko’rdik, deydi u.
“2008-yilgi inqirozdan beri ancha aqlimiz kirdi. Bugun banklarning kapital tizimi ancha baquvvat. Naqd pul hajmi oshgan. Tavakkal qilish darajasi pasaygan. Oshkora ishlashadi”,- deydi Daymon.
Tavakkal qilmay erkin bozor iqtisodiyotini tebratish qiyin. Qonunchilar buni tushunadi, lekin Senatning Banklar bo’yicha qomita raisi Tim Jonson nazorat tarafdori.
“Tavakkal qilmang demaymiz. Erkin bozor biz uchun havo va suvdek zarur. Lekin banklar mas’uliyatliroq bo’lsin, yo’q narsaga pul tikishni bas qilsin deymiz”,- deydi senator.
Mamlakat moliya tizimi islohotlar ostida. Ularni qanday olib borish kerakligi ustida siyosatchilar bir fikrda emas. Prezident Barak Obama xususiy biznes va moliya sektori gullab yashnasin deydi, ammo xalq puli bilan o’ynashmasin.