Tolibon Kobulda mehmonxonaga hujum qilib, 14 odamni o'ldirgan

  • Amerika Ovozi

Park Palace oteli, Kobul, Afg'oniston, 13-may, 2015-yil

Tolibon bugun Kobuldagi hujum uning ishi ekanini da'vo qilmoqda. Mehmonxonaga hujumda 14 odam, jumladan bir necha chet ellik o'lgan.

Kobul politsiyasi boshlig'i Abdul Rahmonning aytishicha, jangarilar tunda otelda (Park Palace) turgan xorijliklarga o'q uzgan. So'ng politsiya yetib kelib, besh soat otishma davom etgan.

AQSh elchixonasiga ko'ra, qurbonlardan biri amerikalik, to'rt nafari hind.

Tolibon asosiy nishon amerikaliklar bo'lganini ma'lum qildi. Xurujni avtomat bilan qurollangan bir suiqasd bombachi amalga oshirgani aytilmoqda.

BMTning Afg'onistondagi idorasi xurujni qoralamoqda. Kecha janubdagi Hilmand viloyatida ham bir odam o'zini portlatib, 10 kishini o'ldirgan.