Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay ertaga Pokistonda bo’lib, bosh vazir Navoz Sharif bilan uchrashadi. Karzay Islomoboddan Tolibon bilan muzokara uyushtirishda yordam so’rashi kutilmoqda.
Afg’oniston nazarida qo’shni davlat razvedkasi toliblarni qo’llab-quvvatlab keladi va unga o’z ta’sirini o’tkaza olishi mumkin. Pokiston Tolibonni qo’llab-quvvatlayotgani haqidagi da’volarni inkor etadi.
Afg’onistonning Pokistondagi elchisi Muhammad Umar Dovudzoyning aytishicha, ikki davlat xavfsizlik bobida hamkorlikni o’rnata olmagan bo’lsa-da, boshqa sohalarda yaqindan ishlab keladi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Ayzaz Ahmad Choudxurining aytishicha, prezident Karzayning tashrifi munosabatlarni yaxshilashga hissa qo’shadi.
Karzay Islomoboddan o’z qamoqxonalaridan barcha afg’on mahbuslarni ozod etishni talab qilishi ham kutilmoqda, jumladan Tolibon qo’mondonining sobiq o’rinbosari Mulla Abdul G’ani Birodarni.
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Birodar Afg’oniston hukumati bilan muzokaraga mustaqil ravishda kirishmoqchi bo’lgan, ammo bundan norozi qo’shni davlat rasmiylari uni 2010-yilda Pokistonga safari chog’ida hibsga olgan.