Qozog'iston parlamenti prezidentlik muddatini uzaytirish bo'yicha referendum o'tkazishga ovoz bergan

  • Amerika Ovozi

Nursulton Nazarboyev

Qozog'iston parlamenti Nursulton Nazarboyevning prezidentliik muddatini 2020-yilgacha uzaytirish haqidagi referendumni o'tkazishga ovoz bergan. Jarayon ijobiy yakunlansa, 2012-yilga belgilangan saylovlar bekor qilinishi mumkin. Referendum o'tkazishni so'rab, 5 million saylovchi imzo chekkach, parlament masalani ovozga qo'ygan.

AQSh parlament qaroridan afsusda ekanini aytib, demokratiyadan qaytish degan. 70 yoshli Nazarboyev mamlakatni 20 yildan beri boshqaradi.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari idorasi rahbari Yanes Lenarchik referendumni o'tkazish qarori Qozog'istonning xalqaro majburiyatlariga zid bo'lib, mas'ul idoralar tashabbusni bekor qilishiga umid qilamiz, deydi.

"Referendum muhim masalalarni hal qilishda fuqarolarni jalb etish jarayonidir, biroq undan saylovlar o'rnini bosishda foydalanish to'g'ri emas" deyiladi Yevropa tashkiloti bayonotida. Ayniqsa, Qozog'istonning o'tgan yili Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilganini hisobga olganda.

Lenarchikning aytishicha, referendum tashabbusi bir qator xalqaro bitimlarga ziddir. Qozog'iston Konstitutsiyasida xalqaro bitimlar ichki qonunchilikdan ustun turishi belgilangan, deydi u.