Qo’shma Shtatlar Qozog’istonda, Aktau shahrida eski yadro reaktori – BN 350 yopilganidan mamnun.
Undagi 100 tonna yadroviy yonilg’i temir yo’l orqali Qozog’iston sharqidagi boshqa omborga ko’chirilgan.
Sovet davrida, 1972 yilda qurilgan bu reaktorda uran va plutoniy, ommaviyqirg’in qurolida qo’llanishi mumkin bo’lgan moddalar qayta ishlangan.
1990 yillar boshida reaktorning ishi to’xtatilgan bo’lsa-da, inshootda hamon yonilg’i saqlangan va terrorchilar o’ljasiga aylanishi mumkin edi, deydi rasmiylar.
Bu modda taxminan 800 ta yadro bombasi yaratish uchun yetarli edi, deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli. Endi bu plutoniy va uran xavfsiz joyda, deydi u.