Almatida namoyish: Siyosiy mahbuslar ozod etilsin, Xitoy elchisi haydalsin

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Qozog’istonning Almati shahrida yuzlab odam siyosiy mahbuslarni ozod etish, kredit amnistiyasi e’lon qilishni so’rab namoyishga chiqdi. Ular “Xitoy ekspansiyasi” sabab bu mamlakat elchisini Qozog’istondan haydashni ham talab qilmoqda. Aksiyani Demokratik partiya rahbari Janbolat Mamay uyushtirgan.