Rossiya Qozog'iston havo kuchlarini mustahkamlashga yordam beradi

  • Amerika Ovozi

O'tgan yili Qozog'iston Rossiyadan 40 dona S-300 rusumidagi havo mudofaa sistemalarini sotib olishga kelishgan edi.

Rossiya Qozog'istonni havo himoyasi uchun ilg'or vositalar bilan ta'minlashga qaror qilgan.

Mudofaa vazirligi so'zlovchisi Irina Kovalchukning bayon qilishicha, ikki davlat vazirlari Anatoliy Serdyukov va Odilbek Jaksibekov bu borada bugun Moskvada muloqot qilgan.

O'tgan yili Qozog'iston Rossiyadan 40 dona S-300 rusumidagi havo mudofaa sistemalarini sotib olish yuzasidan bitim imzolagan edi. Bu tizimlar 90 kilometr masofani nishonga oluvchi raketalarni o'z ichiga oladi.

Rossiya hukumati Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga kiruvchi davlatlarni mana shunday vositalar bilan ta'minlab, harbiy hamkorlikni kuchaytirish harakatida.

Bu tashkilotga Rossiya qatorida Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston kiradi.