Keniyada bugun prezident saylovlari o’tmoqda. Besh yil oldingi poygalar ketidan mamlakat qonga botgan, 1100 fuqaro nobud bo’lgan edi.
Xizmat muddati tugagan rahbar Mvai Kibaki va prezidentlikka da’vogar nomzodlar bir-birini va xalqni tinchlikka, bosiqlikka da’vat etayapti.
Reytinglarda oldinda borayotgan Bosh vazir Rayla Odinga va uning muovini Uxuru Kenyatta saylov natijalarini hurmat qilishga va’da bergan.
Rasmiylarning aytishicha, port shahar Mombasa va uning tevaragida bugun ertalab politsiyachilar hujumga uchragan.
Separatist guruhning ishi ekani taxmin qilinayotgan bu hamla natijasida yetti politsiyachi o’lgan.
2007-yilgi saylovlarda Rayla Odinga Mvai Kibakiga yengilgan edi.
Uxuru Kenyatta hamon Xalqaro jinoiy sud tomonidan tergov ostida va yuzlab odamning o’limiga aloqadorlikda gumon qilinib keladi.
Qonli voqealar Keniyaning Afrikadagi eng barqaror demokratiyalardan biri degan nomiga dog’ tushirgan, iqtisodiy o’sish anchagacha to’xtab qolgan edi.
http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1614685&w=480&h=506&skin=embeded